<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 Goh ketsam jondan toʻyib
 Kim atrofim oʻraydi
 Sajdaga boshin qoʻyib
 Kim men uchun soʻraydi
 Meni oʻylab kim kechar
 Hatto shirin jonidan
 Kishanlarim kim yechar
 Kelib sevgi konidan
 Xudovandning guvohi
 Kechgan jonu jismidan
 Masihdur olam Shohi
 Najot Iso Ismidan

[V2]
 Endi vijdonim tirik
 Ezgulik istar dilim
 Pok Ruhi menga sherik
 Sanoga toʻldi tilim
 Yana qaytib kelguncha
 Bagʻishlay Unga tanim
 Xizmat qilay oʻlguncha
 Samo - mangu Vatanim
 Xudovandning guvohi
 Kechgan jonu jismidan
 Masihdur olam Shohi
 Najot Iso Ismidan</lyrics>
<title>Goh ketsam jondan toʻyib (T)</title>
</song>